TASVIRIY SAN’AT ASARLARIDA AYOL OBRAZI

Authors

  • Murodjon Anvarovich Temirov ADU

Keywords:

ayol obrazi, an’anaviy o‘zbek dunyoqarashi, ayol mohiyati, psihologiya, ranglar, tasviriy san’at, badiiy estetik tafakkur

Abstract

Jahon xalqlarining dunyo qarashilaridagi ayol obrazi va rassomlarining ijodida portret janrida ayol va ona obrazining tasvirlanishi bayon qilingan. Tarixiy davrlardagi an’anaviy dunyoqarashlar va bu bosqichlarda yuzaga kelgan ayollar muammosi bilan bog‘liq g‘oyalar va tendentsiyalar evolyutsiyasi o‘rganilgan. Ayollar muammosini an’anaviy dunyoqarash nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish muhimdir. Buning sababi shundaki, ayollarning ijtimoiy roli haqidagi tendentsiyalar va stereotiplar an’anaviy ravishda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan chuqur ildiz otgan g‘oyalar asosida shakllanadi. Bu tushunchalar jamiyatning uzoq tarixi davomida rivojlanib, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, diniy jihatlarga ega. Bularning barchasining markaziy o‘zagi odamlarning dunyoqarashi bo‘lganligi sababli, an’anaviy dunyoqarashda ayol obrazini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu jamiyatning ayollar muammolari va uning asoslarini tushunishning evolyutsion yo‘lini tushunishga imkon beradi.Shuningdek asarlardagi ranglar gammasi, obrazlarning holati va ularning talqin etilishi haqida fikr yuritilgan.

Downloads

Published

2024-07-06