O‘ZBEK TEATRIDA FOLKLOR IJROCHILIGINING YOSHLAR ORASIDA RIVOJLANISHI VA UNING ZAMONAVIY SAN’AT BILAN INTEGRATSIYASI
Keywords:
O‘zbek teatri, folklor, folklor ijrochiligi, yoshlar, zamonaviy san’at, integratsiya, madaniyat, meros, rivojlanish, milliy o‘zlikAbstract
Ushbu maqola o‘zbek teatr san’atida folklor elementlarining o‘rni, yoshlarning bu boradagi roli va folklorning zamonaviy san’at bilan integratsiyalashuvining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Unda folklor o‘zbek teatrining asosiy manbalaridan biri ekanligi, uning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Maqolada yoshlarning folklor ijrochiligidagi faoliyati, folklor ansambllarida ishtiroki, festivallarda qatnashishi va zamonaviy san’at asarlarida folklor elementlaridan foydalanishi tahlil qilingan. Folklor va zamonaviy san’at integratsiyasining afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilib, milliy madaniyatni saqlash, san’atning estetik va g‘oyaviy qiymatini oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi muhim jihatlar yoritilgan. Maqolaning xulosasida folklor ijrochiligi va teatr san’atini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.Downloads
Published
2025-04-27
Issue
Section
Articles