QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SAN‘ATI: MUSTAQILLIKGACHA BO‘LGAN DAVRDAGI RIVOJLANISH TARIXI
Keywords:
qo‘g‘irchoq teatri, san‘at tarixi, milliy madaniyat, professional teatr, xalq an’analari, tarbiyaviy ahamiyat, ijodiy rivojlanish, teatr guruhlariAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq teatri san‘atining shakllanishi va rivojlanishi, xususan, mustaqillik yillarigacha bo‘lgan davrning asosiy bosqichlari yoritilgan. Teatrning qadimiy ildizlari, xalq hayotidagi o‘rni, ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyati hamda 1928-yildan boshlangan professional qo‘g‘irchoq teatrining rivojlanish jarayonlari tahlil etiladi. Shuningdek, ushbu davrda tashkil etilgan teatr guruhlari va ularning mahalliy madaniyatni boyitishda tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maqola qo‘g‘irchoq teatri san‘atining milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishdagi ahamiyatini yoritishga qaratilgan.Downloads
Published
2025-04-27
Issue
Section
Articles