TASVIRIY SAN’ATDA BADIIY OBRAZNI IFADALOVCHI VOSITALAR

Authors

  • Safarova Saodat Tursunbayevna Termiz davlat universiteti

Keywords:

tasviriy san’at, badiiy obraz, badiiy ifoda, me’mor, dizayner, rang, shakl, faktura, san’at tarixi, ob’ekt, sub’ekt, kompozitsiya, garmoniya, axromatik rang, xromatik rang

Abstract

Tasviriy san’atda kompozitsiya muammolari, uning qonuniyatlari, uslib uni uyg‘unlashtirish va ifodalash vositalari rassomlar, musiqachilar, ma’morlar, barcha ijod kishilari uchun doimo dolzarb vazifa bo‘lib kelgan. Taniqli fransuz me’mor, dizayner va rassomi L.Korbuze san’at haqida- “San’at insonga fidokorlik ruhini tarbiyalash uchun juda kerak” degan edi. Tasviriy san’at ham boshqa soha va yoki boshqa kasblar qatori tinimsiz mehnat va fidokorlik talab qiladi. San’atkor insonlarga chuqur bilim, yuqori estetik did, yuqori intelekt, noodatiy dunyo qarash hamda kreativ yondashuv kabilar juda muhimdir. Tasviriy san’atda badiiy obraz tushunchasi mavjud bo‘lib, bu san’at asarlar yaratishda juda muhim sanaladi. Dunyodagi katta-kichik barcha san’at namunalarini misol qiladigan bo‘lsak, ularning mashhur bo‘lishida avvalo asardagi badiiy obrazning mukammal yechimga egaligi hisoblanadi. Xo‘sh badiiy obraz nima? U qanday va nimalar biln ifoda etiladi? Bunday savollar nafaqat tasviriy san’at balki boshqa san’at turlarining oldidagi dolzarb, hal qilinishi kerak bo‘lgan savollardir. Ijodiy jarayonning natijasi - ifoda shakli juda xilma-xil bo‘lishi mumkin bo‘lgan asardir. Bular me’moriy inshoot, rasm, zargarlik buyumlari, shuningdek, teatr tomoshasi, qo‘shiq, oddiy sopol idish, milliy libos, avtomobil dizayni va boshqalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Lekin asar badiiy bo‘lib, u uyg‘unlik qonuniyatlari asosida yaratilgan va badiiy obrazni o‘zida mujassam etgan taqdirdagina qadrlidir. Badiiy obraz- bu ijodkor o‘zining ichki olamini, xayoliy tasavvurini, qo‘polroq qilib aytganda “men”ini shaxsiy darashlari bilan baholashidir. Ijodkor ichki holati, ruhiy kechinmalari, o‘zining o‘tkir sezgilarini biror bir voqelikni tasvirlash orqali biz, tomoshabinga yetqazadi. Bu san’atdagi ma’lum bir estetik ideal pozitsiyasidan ob’ektiv voqelikni aks ettirish, takrorlash shaklidir. Badiiy tasvir ob’ektiv va sub’ektiv, mantiqiy va hissiy, ratsional va hissiy, mavhum va konkret, umumiy va individual, zaruriy va tasodifiy, qism va butun, mohiyat va hodisa, mazmun va shakl kabi o‘zaro ajralmas birliklarni ifodalaydi. Ijodiy jarayondagi ana shu qarama-qarshiliklarning yagona, yaxlit badiiy obrazga birlashishi tufayli ijodkor yorqin, hissiy ekspressiv asar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. San’atning shaxsga (tomoshabin, o‘quvchi, tinglovchi) chuququr estetik zavq berish xususiyati badiiy tasvir bilan bog‘liq go‘zallik tuyg‘usini uyg‘otadi. Asardagi badiiy qiyofa ma’lun bir madaniyat yoki bo‘lmasa biron bir davrga tegishli ramziy tushunchalar bilan ifodalanishi mumkin. Bu ese uni tushunish uchun bizdan kengroq bilimlarni talab qiladi. San’at tarixi asar yaratishda qo‘llaniladigan ma’lum badiiy ifoda vositalari (shakl, rang, faktura va boshqalar) mavjudligini ishonchli isbotlaydi. Asarda ulardan mahorat bilan 330 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.34 (SJIF 2023)foydalanishingiz badiiy obrazlar berishingizda katta expressivlikga erishishingizga yordam beradi. Biz quyidagi maqolamizda ba

Downloads

Published

2025-04-27