O‘ZGA TILLI GURUHLARDA O‘ZBEK TILI DARSIDA MATN TANLASHNING GRAMMATIK VA SEMANTIK JIHATLARI
Keywords:
tinglash, grammatik jihatlar, semantik jihatlar, matn tanlash, nutqning idrok qilinishi, o‘qitish metodikasiAbstract
Maqolada o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili darsida matn tanlashda grammatik va semantik jihatlarning ahamiyati ta’kidlanadi. O‘quvchilarga matnni samarali tushunishga yordam berish uchun, matnlarning grammatik va semantik tuzilmalari, leksik boyligi va orfoepik me’yorlari to‘g‘risida ma’lumot berish zarurligi ko‘rsatiladi. Matn tanlashda grammatik jihatlarning o‘rganilishi o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun juda muhimdir. O‘qituvchilar o‘quvchilarga grammatikani amaliy mashg‘ulotlar orqali tushuntirishlari kerak, bu esa ularning tilni tushunish va ifoda etish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, maqolada grammatika va semantikaning til o‘rganishda qanday muhim o‘rin tutishi va tilshunoslarning turli yondashuvlari haqida so‘z boradi. Grammatika va semantikaning integratsiyasi o‘quvchilarga matnni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Mavzu, tilni o‘rgatishda o‘quvchilarga muvofiq va samarali matnlarni tanlashning ahamiyatiga e’tibor qaratadi. O‘qituvchilar nafaqat grammatik qoidalarga, balki matnning umumiy mazmuni va tuzilmasiga ham alohida e’tibor berishlari kerak, chunki bu o‘quvchilarni nutqni tushunish va o‘z ifodalarini shakllantirishda yordam beradi. Maqolada matnlarning grammatik tuzilmalari, jumlalar orasidagi bog‘lanishlar, sintaktik murakkabliklar va leksik ma’no yoritilib, til o‘rganishda qo‘shiqlar va she’riy matnlarning ahamiyati ham ta’kidlanadi. Grammatikaning pedagogik yondashuvlari va o‘quvchilarning matnni to‘g‘ri tushunishlari uchun qanday metodlar qo‘llanilishi kerakligi haqida batafsil fikrlar berilgan.Downloads
Published
2025-04-27
Issue
Section
Articles