O‘ZBEK KINEMATOGARFI BADIIY ESTETIKASI RIVOJLANISHIDA YORUG‘LIKNING O‘RNI (60-CHI YILLAR BADIIY FILMLARI MISOLIDA)

Authors

  • Bеxzod Baxodirovich Kadirov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Keywords:

yorug‘lik, vizual ifodasi, obraz, dramaturgiya, estetika, janr, kino tasvir, kino nazariyasi

Abstract

Annotasiya: Мaqolada 1960-yillar o‘zbek badiiy kinematografida yorug‘lik vositasining vizual ifodada tutgan o‘rni va estetik ahamiyati tahlil qilinadi. Yorug‘likning tasviriy vosita sifatida qahramonlar tashqi ko‘rinishi va ichki holatini ifodalashdagi roli, turli janrlar va texnologik imkoniyatlar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Shu davr kinoasarlarida tabiiy muhitdagi mavjud yorug‘likdan foydalanish, keng formatli tasvir, dinamik kamera harakatlari orqali tasvirning ifodaviy kuchayishiga erishilgan. Yorug‘lik orqali mazmunni ramziy va psixologik ifodalash, mualliflik uslubining shakllanishi hamda tomoshabin bilan vizual muloqotni ta’minlash kabi masalalar yoritilgan. Maqolada, shuningdek, belgilar, predmetlar va vizual detallar orqali ichki holatlar tasvirida yorug‘likning semiotik vazifalariga e’tibor qaratiladi.

Downloads

Published

2025-04-27